Tanzila Norboyeva “Parlament hamkorligini mustahkamlash uchun” medali bilan taqdirlandi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma’lum qildi.
2021 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlament Assambleyasi Kengashining majlisida MDH ishtirokchi davlatlarida model va milliy qonunchilik, parlamentarizmni rivojlantirish, demokratiya va konstitutsiyaviy tuzumni mustahkamlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashga qo‘shgan alohida hissasi uchun MDH PAning “Parlament hamkorligini mustahkamlash uchun” medali bilan taqdirlandi.
O‘zA