Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzila NORBOYEVA: Odamlar koʻproq mahalla tizimi vakillarining noxolisligidan shikoyat qilmoqda
10:56 / 2020-08-07

Umuman olganda, ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy sonini ikki baravarga koʻpaytirib, joriy yil yakuniga qadar 1,2 millionga yetkazish koʻzda tutilgan.


Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida Senat Raisi Tanzila Norboyeva mahalla instituti, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatiga doir tanqidiy fikrlarini aytdi:

– Davlatimiz rahbarining shu yil 30-iyul kuni qabul qilingan koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir farmoni misli koʻrilmagan chora-tadbirlarni oʻz ichiga oldi. Butun xalqimiz, keng jamoatchiligimiz tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy axborot vositalarida ijobiy qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, byudjetdan qoʻshimcha 2 trillion soʻm ajratilib, ushbu mablagʻlar 1 million 700 ming yordamga muhtoj aholi, 3 million 700 ming pensioner va joriy yil yakuniga qadar 500 ming ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yoʻnaltirilishi belgilandi.

Umuman olganda, ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy sonini ikki baravarga koʻpaytirib, joriy yil yakuniga qadar 1,2 millionga yetkazish koʻzda tutilgan. Mazkur hujjat davlatimiz bugungi ogʻir sharoitda barcha qiyinchiliklarni yengib oʻtishga qodir ekanini, hech bir oila eʼtibordan chetda qolmasligini yana bir bor tasdiqladi.

Biroq amaliyotda koʻrdikki, ajratilgan mablagʻlarni taqsimlash jarayonida ayrim hududlarda noroziliklar yuzaga keldi. Odamlar “temir daftar”ga haqiqiy kambagʻal va koʻmakka muhtoj oilalar chetda qolib, yetarlicha daromadga ega boʻlganlar kiritilganidan shikoyat qilmoqda. Tizimda ochiqlik va shaffoflik yoʻq.

Davlatimiz rahbari bejizga 4-avgustdagi yigʻilishida tizim mutasaddilari faoliyatini tanqid qilmadi. Bu borada Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tizim faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish kerakligini aytdi. Negaki, odamlar koʻproq mahalla tizimini vakillarining noxolisligidan shikoyat qilmoqda. Mahallaning, ayniqsa, quyi boʻgʻinlari eskicha ish uslubidan voz kecholmayapti. Mahalla idoralari xodimlarining dunyoqarashi oʻzgarmayapti. Ularda aholi bilan ishlash, konsruktiv muloqot qilish koʻnikmalari yetishmayapti. Bu esa aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda. Odamlarning mahalla idoralariga boʻlgan ishonchiga putur yetmoqda, – dedi Senat Raisi.