Tanzila Norboyeva maxsus sertifikat bilan taqdirlandi
Kecha poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Osiyo velosport konfederatsiyasining navbatdagi kongressi boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edik.
Kecha poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Osiyo velosport konfederatsiyasining navbatdagi kongressi boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edik.
Kongressda Xalqaro velosportchilar ittifoqi (UCI) va Osiyo velosport konfederatsiyasi (ACC) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, mamlakat velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyevani velosportni ommalashtirishda va ayollar oʻrtasida bu sport turining ravnaqiga qoʻshayotgan ulkan hissasi uchun maxsus sertifikat hamda medalon bilan taqdirladi.