Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzila Norboyeva Li Chjanshu bilan onlayn muloqot qildi
10:43 / 2022-07-07

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasidagi strategik hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda mamlakatlar parlamentlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berdi. 

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining SHHTga raisligi doirasida parlamentlararo hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga kelishib olindi. 

O‘zA