French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzila Norboyeva: “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya amalda qaror topayotir
10:49 / 2022-07-08

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatimizda misli ko‘rilmagan yangilanishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 40 ga yaqin qonun ko‘rib chiqilib, qabul qilindi. (60 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi). Bu Taraqqiyot strategiyasi doirasida ro‘yobga chiqarilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qiladi. 

– Islohotlar samarasi joylarda o‘z aksini topmoqda, – dedi Senat Raisi Tanzila Norboyeva. – Aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga manzilli yordam ko‘rsatish kabi eng dolzarb masalalarning yechimini topishga e’tibor kuchaydi. Hududlarda barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston massivlari”ni barpo etish ishlar boshlab yuborilgan. Ularda odamlarga nafaqat yashash, balki ishlash, ta’lim olish, xizmat ko‘rsatish hamda dam olish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 

Amalga oshirilayotgan ishlar “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalda qaror topayotganligining isbotidir. 

N.Abduraimova,  O‘zA