Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya AQSHga tashrif buyuradi
16:08 / 2022-06-14

Joriy yilning 15-17 iyun kunlari Oliy Majlis Senati raisi – Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.

AQSH Kongressi, shuningdek, to‘qimachilik uyushmalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida to‘qimachilik sohasidagi davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi. 

AQSH ishbilarmon doiralari uchun O‘zbekiston to‘qimachilik industriyasining savdo-investitsiyaviy salohiyati taqdimoti o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan. 

O‘zA