Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzaniyada samolyot halokati qurbonlari soni 19 nafarga yetdi
10:24 / 2022-11-07

Yakshanba kuni erta tong “Precision Air” kompaniyasiga tegishli, Dor-us-Salomdan havoga ko‘tarilgan samolyot Bukoba aeroportiga qo‘nishga tayyorlanayotganda, to‘satdan, Viktoriya ko‘liga qulagan. Mahalliy “Citizen” gazetasi xabar berishicha, ayni payt hodisa tufayli halok bo‘lganlar soni 19 kishini tashkil etmoqda.

Aviakompaniya avvalroq uch kishi halok bo‘lgani va kamida 26 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi.

Halok bo‘lganlar orasida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar borligi aytilmoqda.

Voqea joyiga qutqaruv guruhi yuborilgan. Halokatga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan.