Tanzaniyada avtobuslar to‘qnashdi
Tanzaniyada avtobus va kichik avtobus to‘qnashib ketishi oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi. Hosil bo‘lgan yong‘in har ikki transport vositasini qamrab olgan.
Hodisa shanba kuni kechqurun Kilimanjaro viloyati Sabasaba shahrida avtobus g‘ildiragi teshilib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgach sodir bo‘lgan.
– Qurbonlardan ikki nafari ayol, – deyilgan "Al-jazeera" axborotida. – Kuyish darajasi yuqoriligi sabab 36 jasadning shaxsi noma’lumligicha qolmoqda.
Prezident ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, 28 odam jarohatlangan, olti kishi shifoxonada davolanmoqda.
Davlat rahbari Samiya Suluxu Hassan marhumlarning oilalariga “samimiy hamdardlik” bildirdi va jabrlanganlar “tezroq sog‘ayishi”ni tiladi. Shuningdek, barchani harakat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Zero, Tanzaniya yo‘llarida halokatli baxtsiz hodisalar tez-tez uchraydi.
M.Pirmatova, O‘zA