Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzaniya prezidenti koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda
11:04 / 2021-03-18

Bloomberg agentligi Tanzaniya vitse-prezidenti Samia Suluxu Xassanning bergan ma’lumotiga tayanib ushbu xabarni tarqatdi.

Prezident Jon Magufuli 62 yoshda bo‘lgan.

Tanzaniyaning muxolifatchi siyosatchisi Tundu Lissuning bayonot berishicha, COVID-19 bilan xastalangan davlat rahbarini davolash uchun Hindistonga olib borishgan. Bungacha u Keniyada davolangan edi.

Financial Times gazetasining yozishicha, Magufulining kasali og‘ir bo‘lgan. Keniyada chiqadigan Nation nashri ham "Afrika davlatlaridan birining lideri COVID-19 bilan Nayrobi kasalxonasiga yotqizilgani” haqda yozgandi. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, uni sun’iy havo beradigan apparatga ulashgan.  

Shunga qaramay, Tanzaniya bosh vaziri prezidentning koronavirusga chalinganini rad etmoqda.

Shu paytgacha Magufuli Tanzaniyada SARS-CoV-2 yo‘q, deb bayonot bergandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi esa hukumatning COVID-19 ga qarshi vaksina sotib olish rejasi yo‘qligi haqida ma’lum qildi. Magufuli aholini uch kun mobaynida respiratorli kasalliklarga qarshi kurash uchun ibodat qilishga chaqirdi. O‘shanda ham u koronavirus iborasini ishlatmagan va lokdaun e’lon qilmasligini aytgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bergan ma’lumotga ko‘ra, Tanzaniya 2020 yil may oyidan buyon koronavirusga chalinganlar va ushbu kasallikdan vafot etganlar bo‘yicha statistikani bermagan. JSST ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 509 ta holat aniqlangan va 21 o‘lim qayd etilgan.