Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanqid – saralamoq demak
20:59 / 2025-11-11

Har qanday soha rivoji uchun uning omma orasida qanday qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ijod ahli ayni ommaga tegishli. Ammo ustoz ko‘rgan ijodkor bilan ko‘rmagan ijodkor darajasi tubdan farq qilishi turgan gap.

Xo‘sh, bugungi kun yosh ijodkorlari ustoz-shogird an’analariga qanchalik sodiq qolmoqda? Ularda tanqidga nisbatan immunitet qay darajada shakllangan?

-Bugungi yosh ijodkorlarning tanqidga bo‘lgan munosabati bo‘yicha menda ijobiy fikr yo‘q,- deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yosh ijodkorlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Mamura Zohidova. - Ijodkor o‘z ijod namunasini mukammal deb o‘ylaydi va ommaga taqdim qiladi. Biroq bugungi yosh mualliflar ustozlarning tanqidiy nigoh bilan boqishlarini to‘g‘ri qabul qila olishmayapti. Bunga sabab ijtimoiy tarmoqlar ularga taqdim etayotgan imkoniyatlar deb o‘ylayman. Negaki, unda har bir yozishga da’vogarlarning o‘z sahifalari va ma’lum kuzatuvchilari bor. Kuzatuvchilar saviyasi esa kutilganidek bo‘lmasligi tabiiy. Ular tomonidan bildiriladigan iliq fikrlar esa yoshlarni mahliyo qilib qo‘ymoqda. Shuning uchun ustoz ijodkorlarning tanqidiga aksar yoshlar “bizning ijodimizga qo‘yilayotgan to‘siq”, degan xato qarashni ilgari surishadi. Aslida haqiqiy adabiyot xolis fikr asosida shakllanadi. Chin ijodkorlar doim tanqiddan zarur xulosa chiqaradi. Chiqarmadimi, demak u o‘rtacha ijodkor. Ya’ni, kimningdir ta’sirida qog‘oz qoralab yurgan hisoblanadi.

Darhaqiqat, kishi o‘rganishdan to‘xtamasagina kamolga yetmog‘i mumkin. Buning uchun esa tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqarmoq muhim.  

Ayniqsa, adabiyotimiz ravnaqi masalasi doim dolzarb. Shu o‘rinda tanqid so‘zining lug‘aviy ma’nosini aytib o‘tsak.

Tanqid – saralamoq demak. Unda ko‘pchilik tushunadigan faqat kamchiliklar emas, balki yutuqlar ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Sherbek Islomov, O‘zA