French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlovlarning g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi (+video)
11:14 / 2025-11-01

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli respublika Bolalar kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, ularni kitob o‘qishga qiziqtirish va keng qamrab olish maqsadida joriy yil 25 sentyabrdan 16 oktyabr kunlari oralig‘ida “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga oid “Eng kitobxon maktab”, “Eng  faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila”, “Eng faol kutubxonachi” ko‘rik tanlovlari o‘tkazilib, ularga umumta’lim maktablaridan 102 ming 306 nafardan ortiq o‘quvchi yosh qamrab olindi.

[gallery-26032]

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. “Eng kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovida Nukus shahridagi 37-sonli maktab jamoasi birinchi, Qorao‘zak  tumanidagi 28-sonli maktab jamoasi ikkinchi,  Xo‘jayli  tumanidagi 10-sonli maktab jamoasi uchinchi, “Eng  faol kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovida Taqiatosh tumani 6-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Yembergenova Zebo birinchi, Qo‘ng‘irot tumani 34-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Go‘zal Fayzullayeva ikkinchi, Mo‘ynoq tumanidagi  18-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Javohir Botirbayev uchinchi o‘rinlarni egallashdi. Shuningdek, “Ijodkor bolalar” ko‘rik-tanlovida birinchi o‘rinni To‘rtkul tumanidagi 45-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi  Munisa  Mambetsoliyeva, ikkinchi o‘rinni  Qo‘ng‘irot tumanidagi 41-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi Aydana Jayilxanova, uchinchi o‘rinni Taxtako‘pir tumandagi 3-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi Gavxarim Turg‘unbayeva egallagan bo‘lsa, “Eng kitobxon oila” tanlovida Nukus tumanidagi   22-sonli maktabdan Seytniyazovlar oilasi birinchi, To‘rtko‘l tumanidagi 35-sonli maktabdan Abdullayevlar oilasi ikkinchi, Qorao‘zak tumani   5-sonli maktabdan Bekniyazovlar oilasi uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Amudaryo tumani  59-sonli maktabning kutubxonachisi Kunjarqin Qadirbayeva “Eng faol kutubxonachi” ko‘rik-tanlovi g‘olibasi bo‘ldi.

— Yapon xalqida bir yillik reja tuzsangiz sholi eking, o‘n yillik reja tuzsangiz daraxt eking, umrbod reja tuzsangiz ajoyib farzandlarni  tarbiyalang, —  degan hikmat bor. Ajoyib farzandlarni tarbiyalashda esa kitob eng yaqin yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Oilamiz bilan kitobxonlikka qiziqamiz. Shuning natijasida birinchi o‘rinni egalladik. Barcha oilalarning farzandlarini kitob o‘qishga chorlab qolaman, — deydi “Eng kitobxon oila” tanlovi g‘olibasi Ulperi Aytnazarova.

Tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan  taqdirlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/DJhvQplqytU?si=SvaoGbJEqpnPy_gb" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA