Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlovda qo‘rg‘ontepaliklar g‘olib bo‘ldi
17:06 / 2023-08-03

Andijon shahridagi viloyat Yoshlar saroyida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Aholi, xususan, yoshlarning ma’naviyatini, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini oshirish orqali ularning bilim va tafakkurini boyitish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovning viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida eng yuqori natijaga erishgan jamoalar ishtirok etdi.

– Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etayotgan mazkur tanlovda asosan, yoshlarimiz qatnashdi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining “Besh tashabbus” tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Temurbek Azizillayev. – Viloyatdagi 7 dan 70 yoshgacha aholi o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning quyi bosqichlarida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tgan 900 ga yaqin jamoa tarkibida 4 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashib, o‘zlarining bilim, iqtidor va salohiyatini namoyish etdi.  

[gallery-13009]

Qizg‘in va murosasiz bahslar, savol-javoblar asosida o‘tgan viloyat bosqichining yakuniy natijalariga ko‘ra, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Eshonobod mahallasi jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, olti million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Tanlovda ikkinchi o‘rin Marhamat tumanidagi Bozorboshi mahallasi, uchinchi o‘rin esa Shahrixon tumanidagi Addullabiy mahallasi jamoalariga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 4,2 million va 3 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.  

“Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichida qatnashgan barcha jamoalar faol ishtiroki uchun tashkilotchilar tomonidan uch yuz ming so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA