Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov: xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda faol bo‘lganlar taqdirlandi
11:39 / 2021-08-28

Nukusda xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Kasaba uyushmalari laureati”, “Eng namunali ayol ish beruvchi”, “Eng yaxshi mahalla raisi” hamda “Eng yaxshi sektor rahbari” tanlovlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi rahbarligidagi respublika komissiyasi va uning tarkibidagi ishchi guruhlar mamlakatimiz hududlarida «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Mazkur jarayonda ishsiz ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishlariga ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun kreditlar ajratish, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga moddiy yordamlar kӱrsatish, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, qaramog‘ida bir va undan ortiq I guruh nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollarga, tibbiy himoyaga, huquqiy yordam olishga, psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish sohasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda har bir davlat organlarining mas’uliyati yanada oshirilyapti. Bu ezgu maqsadni amalga oshirishda namunali va tizimli faoliyat olib borgan mas’ullarni rag‘batlantirish amaliyoti joriy etildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bevosita shunday oilalarga moddiy va beg‘araz yordamlar ko‘rsatib kelayotgan, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minalashga ko‘maklashayotgan tadbirkor xotin-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida “Kasaba uyushmalari laureati”, mamlakatimizda gender siyosati va ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning rolini oshirishga qaratilgan ishlarni namunali tashkil etgan korxonalarning ayol rahbarlarini rag‘batlantirish va ish beruvchi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida “Eng namunali ayol ish beruvchi”, hududi obod va tinch bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari o‘rtasida “Eng yaxshi mahalla raisi”, muammolarni “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda vakolatli muassasa va tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi sektor rahbari” tanlovlari yo‘lga qo‘yildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi roli va ijtimoiy faolligini oshirishdagi xizmatlari uchun Ellikqal’a tumani 2-sektor hududidagi “Aqshakӯl” ovul fuqarolar yig‘ini hamda Xӯjayli tumani 3-sektor hududidagi “Jonqӯng‘irot” mahalla fuqarolar yig‘ini “Ayollar maslahat kengashi” g‘olib deb topilib, diplom va har bir kengash 50 million sӯmdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Eng yaxshi sektor rahbari” tanlovida Qorao‘zak tumani 1-sektor rahbari Uzaqbergen Utambetov, “Eng namunali ayol ish beruvchi” tanlovida Amudaryo tumani “Tamara tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Tamara Yusupova, “Eng yaxshi mahalla raisi” tanlovida Nukus shahridagi “Sarbinaz” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Madiyar Aminov, “Kasaba uyushmalari laureati” tanlovida Kegayli tumanidagi “Rus-Islam-Sultan” oilaviy korxonasi rahbari Ayjamal Rametova g‘olib, deb topildi.

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofotlari topshirildi.

Tanlovda birinchi o‘rinlarni egallaganlar mamlakatimiz bosqichida qatnashish uchun yo‘llanma oldi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jӯqorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA