Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov xolismi? Yoxud soxta “obro‘” kimga kerak? (+video)
21:59 / 2023-01-11

Bu mavzu haqida yozishdan ancha vaqt tiyildik. Lekin oxirgi voqelik hammasidan oshib tushdi. Tanilgan, yuz minglab o‘quvchisi bo‘lgan saytlardan biri xolis niyatda hokimlar faoliyati haqida ularning fikrini bilmoqchi bo‘ldi.

“Bu so‘rovnoma xalq tanlovi. Hech qanday g‘irromlik aralashmaydi”, deyiladi, uning e’lonida. Tabiiyki, e’lon ostiga hokimlar ro‘yxati ilova qilingan. Shu kundan boshlab haqiqiy “musobaqa” boshlandi. Viloyat hokimliklaridan birining tashkiliy kadrlar guruhi qoshida “ovoz yig‘ish shtabi” tuzdi chog‘i, barcha idora, boshqarmalarni “uloqqa kirgan ot” kabi qamchilay boshladi:

– 1-yanvargacha bosish kerak. Tizimdan kunlik so‘rov qilinglar.

– Qani xalq ta’limi boshqarmasi, maktabgacha ta’lim boshqarmasi, sog‘liqni saqlash bashqarmasi? Shuncha kontingent, kabi yozuvlar ularning telegramm kanallariga yuborildi. Ijrochilar ham anoyi emasdi. Kim hokimga “sadoqatli” ekanini ko‘rsatish maqsadida qo‘l ostidagilar hokimni yoqlab ovoz berishini ta’minladi:

– Xo‘p bo‘ladi shug‘ullanamiz.

–Maktabgacha ta’lim boshladi.

– Tushunarli, ijrosini ta’minlaymiz deya javob yozdi ular viloyat hokimligi amaldoriga.

Falon hokimlar g‘oliblikka erishdi deya olmaymiz. Chunki tanlov, uning sahnalashtirgan natijalari xolis-mi?

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xD50C6U-168" title="Tanlov xolismi? yoxud soxta “obro‘” kimga kerak?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muallif– M.Obidov

Tasvirchi – E.Olimov