Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov orqali soliq haqida bilimlar shakllantiriladi
12:08 / 2026-01-27

Jizzax viloyatining Forish tumanidagi umumta’lim maktablarida start olgan “Soliq bilimlari – yosh avlodga” ko‘rik-tanlovida o‘quvchilar soliq tushunchasini faqat raqamlar orqali emas, balki ranglar va ijodiy tasvirlar yordamida ifoda etib, davlat taraqqiyotida har bir fuqaroning o‘rni borligini anglab yetmoqda.

Tanlovning maqsadi sodda, biroq strategik ahamiyatga ega. Unda yoshlarga davlat byudjeti qanday shakllanishi, maktablar, shifoxonalar va bog‘lar qaysi mablag‘lar hisobidan barpo etilishi tushuntiriladi. Shu orqali o‘quvchilarda mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi shakllanadi.

“Soliqlar mavzusining suratlardagi tasviri” yo‘nalishida ishtirokchilar ijodiy yondashuv orqali soliqni mamlakat taraqqiyotining asosi sifatida talqin qildi. Bu jarayon yoshlar uchun bilimni amaliy fikrlash va ijod bilan uyg‘unlashtirish imkonini berdi.

Ayni paytda tanlov Jizzax viloyatining boshqa maktablarida ham davom etmoqda. Ushbu tashabbus yosh avlodni kelajakda mas’uliyatli fuqaro va faol soliq to‘lovchi sifatida kamol toptirishga xizmat qiladi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri