English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari taqdirlanishdi
17:30 / 2025-10-17

Nukusda “Konstitutsiya - ranglar jilosida” tanlovi hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlab e’lon qilingan mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini, ona yurtga bo‘lgan muhabbatini oshirishdan iborat edi.

Taqdirlash marosimida partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi N.Qaypbergenov tanlovning ahamiyati, asosiy qonunimiz hisoblangan Konstitutsiyamizning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar, ularning ustozlari va ota-onalariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bunday tanlovlar orqali yoshlar nafaqat o‘z iste’dodlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, balki ularning huquqiy bilimlari, fuqarolik faolliklari va Vatanga bo‘lgan muhabbatlari yanada mustahkamlanishini qayd etdi.

Mutaxassislar, partiya faollari va deputatlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan o‘quvchilarga  faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Jumladan tanlov yakunlari bo‘yicha birinchi o‘ringa Chimboy tumani 36-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Kunsuluv Izmurzayeva, ikkinchi o‘ringa  Amudaryo tumani 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining 5-sinf o‘quvchisi Sevinchay Tojiboyeva, uchinchi o‘ringa Mo‘ynoq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi Mereyim Amangeldiyevalar munosib deb topildi.

Shuningdek, Taxiatosh tumani 3-sonli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Aysuluv Tursinbayeva, Kegeyli tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o‘quvchisi Aziza Qalbayevalar tanlovda faol ishtirok etganligi uchun rag‘batlantiruvchi mukofot bilan taqdirlanishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri