Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari taqdirlandi
18:03 / 2026-02-28

Nukusda umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy huquq tizimiga hurmat munosabatini shakllantirish va qonun buzilishi holatlariga murosasizlik hissini uyg‘otishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari bu bizning hudud, intellektual ring, ekologiya uchun barchamiz mas’ulmiz hamda eng yaxshi ekologik loyiha shartlari bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini namoyish etdi.

Tanlov yakunida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida birinchi o‘rinni Shumanay tumani 15-sonli maktabning “Qoratol” jamoasi, ikkinchi o‘rinni Taxtako‘pir tumani 2-sonli maktabning “Eko live” jamoasi, uchinchi o‘rinni Nukus tumani 19-sonli maktabning “Eko innovation” egalladi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida ham tanlov g‘oliblari aniqlandi. 

– Yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy savodxonligini oshirish, qonuniy bilimlarni mustahkamlash va yoshlarni tabiatga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga undashda an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tanlov muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga mamlakatimizda qabul qilinayotgan ekologiyaga oid qonun va qonun osti hujjatlariga nisbatan hurmat va rioya etish hissini shakllantirishga xizmat qiladi, – deydi Shumanay tumani 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi To‘reniyaz Bahadirov.

[gallery-27917]

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Birinchi o‘rinni egallagan jamoalar mazkur tanlovning mamlakatimiz bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.