Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari taqdirlandi
14:34 / 2025-11-12

Buxoroda “Men ham shu yurtning bir bo‘lagiman” shiori ostida tashkil etilgan “Sen iste’dodlisan” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Mazkur tanlov alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ularni san’at va ijodga keng jalb etish, shuningdek, jamiyatda faolligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 24 nafar iste’dodli o‘g‘il-qiz tasviriy san’at hamda estrada-vokal yo‘nalishlarida o‘z mahoratini namoyon etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Kogon tumanidagi 15-umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchisi Mirshod Sayfullayev estrada yo‘nalishida, Buxoro shahridagi 45-umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Sarvinoz Beshimova esa tasviriy san’at yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar taqdirlandi, ularning ijodiy izlanishlari va orzulariga kuch bag‘ishlovchi sovg‘alar topshirildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.