FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda bir guruh matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-24922]
Tadbirni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi vazifasini bajaruvchi Chori Jumaqulov kirish so‘zi bilan ochib, tanlov qamrovining yildan yilga oshib borayotganligi, bu yilgi saralash jarayonlarida o‘nlab OAV vakili o‘zining 200 dan ortiq ijod namunasi bilan faol ishtirok etganini alohida ta’kidladi.
Tanlov g‘oliblariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
– Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid tahliliy maqolalarim alohida e’tirof etilganidan mamnunman, - deydi tanlov g‘olibi “Surxon tongi” gazetasi muxbiri Xolmuhammad Tog‘aymurodov. – Bu e’tibor bizlarni yanada zavq va shavq bilan ishlashga undaydi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA