French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari taqdirlandi
16:39 / 2025-04-17

Buxoroda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda oltita nominatsiyada jami 75 nafar MTT direktori o‘rinbosarlari va tarbiyachilar ishtirok etib, ularning 18 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar boshqarmaning diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tanlovning tantanali taqdirlash marosimi Buxoro shahridagi Innovatsiyalar universitetida bo‘lib o‘tdi. Marosimda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev hamda Innovatsiyalar universiteti rektori Dilnoz Ro‘ziyeva qatnashib, barcha ishtirokchilarni tabrikladi. 

Shuningdek, “Yilning eng yaxshi direktor o‘rinbosari” hamda “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi g‘oliblariga magistratura yo‘nalishi uchun, qolgan nominatsiyalarda 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblarining har biriga oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun mos ravishda 8, 7 va 5 million so‘mlik, bundan tashqari ishtirokchilar orasida oliy ta’limda o‘qish istagida bo‘lgan yana 40 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilarning har biriga ikki million so‘mdan – jami 207 million so‘mlik vaucherlar taqdim etildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.