Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari taqdirlandi
17:41 / 2023-12-18

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi  tomonidan “Jetkinshek” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Biz yong‘inga qarshimiz” mavzusida tanlov e’lon qilingan edi. Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrida ushbu tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi majlisi bayoni ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda yong‘in bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida 2023 yil 15 noyabrdan 15 dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbiri o‘tkazildi. Oylik doirasida o‘quvchi- yoshlarga yong‘in tilsiz yov ekanligi, uning oldini olish borasidagi tadbirlarni keng tushuntirish va faol ishtirokini ta’minlash maqsadida “Biz yong‘inga qarshimiz” mavzusida tanlov e’lon qilingan edi. Mazkur tanlovda “Barkamol avlod” bolalar maktablaridan jami 150 nafardan ziyod to‘garak a’zosi hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.  

Tanlov “Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha eng yaxshi maket”, “Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha eng yaxshi rasm va chizmalar”, “Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha eng yaxshi hikoya”, “Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha eng yaxshi skanvord yoki krossvord”, shuningdek, she’r, hikoya va rassomlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Tanlov yakunida Qo‘ng‘irot tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabidan Oringul Baxitova, Adilbek Matyakupov, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabidan  Atabek Baxtiyarov, Bo‘zatov tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabidan  Allayar Saparniyazov, Nukus shahridagi 25-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Qudaybergen Aynazarov, Nukus tumanidagi 29-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Mayra Aldanova, Kegeyli tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Hurliman Hamiydullayeva birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Tadbir ishtirokchilariga san’at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi. 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari

Tahririyatlar diqqatiga: O‘zA Fototahririyatida ushbu materialga oid rasmlar bor!