French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari taqdirlandi
20:31 / 2021-01-12

Toshkent Fotosuratlar uyida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!” mavzusidagi tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Vatanparvarlik, “Vatanga qasamyod”ga sodiqlik, xalq bilan armiyaning birdamligi, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, mardlik va jasorat kabi mazmuniy yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan tanlovda rangtasvir ishi va grafika nominatsiyalari bo‘yicha 150 ga yaqin ijodiy ishlar saralandi. Ishtirokchilar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan professional ijodkorlar va Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan hay’at a’zolari tomonidan baholandi.

Havaskorlar orasida rangtasvir ishi yo‘nalishida Respublika ixtisoslashtirilgan davlat maktabi o‘quvchisi Farruh Mamadiyorov g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, grafika yo‘nalishida muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Jasurbek Ja’farov e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Professional ijodkorlar orasida rangtasvir ishida Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Kamoliddin Faxriddinov birinchilikni qo‘lga kiritdi. Grafika yo‘nalishida g‘oliblik Milliy gvardiya tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining tasviriy san’at o‘qituvchisi Bobur Rasulovga nasib qildi.

Oqil G‘ULOMOV (surat), O‘zA