French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov gʻoliblari taqdirlandi (+video)
10:34 / 2023-08-18

“Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident qarori ijrosiga muvofiq maktablar oʻrtasida 3 bosqichli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

Tanlov 14-16 yosh oraligʻidagi oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilib, unda 6 882 ta maktabning 34 410 nafar oʻquvchisi ishtirok etdi.

Tanlovning yakuniy final bosqichi 14-17-avgust kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilib, unda 14 ta hudud jamoalarining eng yaxshi 70 nafar oʻquvchisi ishtirok etdi.
Respublika bosqichida jamoalar bilimi Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment English tashkilotining imtihon tizimi asosida baholandi.

Bunda, oʻquvchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va oʻqish (reading) koʻnikmalari xalqaro sertifikatsiya asosida sinovdan oʻtkazildi.
Barcha oʻquvchilarga sinov natijalari boʻyicha xalqaro sertifikatlar taqdim etildi.

Final bosqichida gʻolib boʻlgan maktab – 500 million soʻm,
2-oʻrin sohibi – 400 million soʻm, 3-oʻrin uchun – 300 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Bundan tashqari, mazkur tanlovning Respublika bosqichi barcha ishtirokchilari (70 nafar) va ularning ustozlari
(14 nafar), jami 84 nafar oʻquvchi va pedagoglarni xorijga til koʻnikmalarini rivojlantirish uchun taʼlim sayohatiga yuborish rejalashtirilmoqda.

Maʼlumot uchun, “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining 1-bosqichida Respublika boʻyicha jami 6885 ta maktab ishtirok etgan boʻlib, jami oʻquvchilar soni 34375 tani tashkil etdi. Oʻquvchilarning 32505 nafari ingliz tilidan, 1015 nafari nemis, 905 nafari fransuz tilidan ishtirok etishdi.

Bugun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida yakuniy natijalarga koʻra:
Namangan viloyati, Namangan shahri 7-son maktabi umumiy 180 balldan 174 ball toʻplab 1-oʻrinni;
Toshkent shahri, Yashnobod tumani 145-son maktabi umumiy 180 balldan 173,2 ball toʻplab 2-oʻrinni;
Buxoro viloyati, Buxoro tumani 1-son maktabi umumiy 180 balldan 173,0 ball toʻplab 3-oʻrinni egalladi.

Til koʻnikmalari nominatsiyalari gʻoliblari:
1. “The best listener”: Olmaliq 5-maktab oʻquvchisi Esfir Nikonorova;
2. “The best reader”: Buxoro tumani 1-IDUM oʻquvchisi Samira Najmiddinova;
3. “The best writer”: Buxoro tumani 1-IDUM oʻquvchisi Shaxriyor Sulaymonov
4. “The best speaker”: Samarqand tumani 10-maktab oʻquvchisi Aminaxon Kurbonova.
“Best of the best” Yashnobod tumani 145-maktab oʻquvchisi Mohinur Raximova va Buxoro tumani 1-IDUM oʻquvchisi Yasmina Muhiddinovalar mutlaq gʻoliblar deb topildi.

Batafsil:

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/43JNscMSs6Y" title="Tanlov g‘oliblari taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, D. Yakubov O‘zA