Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari rag‘batlantirildi
19:09 / 2023-08-28

Namangan shahrida “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi, yurtimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda qo‘lga kiritilayotgan zalvorli yutuqlar va ulkan islohotlar mohiyatini, milliy o‘zlikni anglash, azaliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan 317 ta ijodiy ish ko‘rib chiqildi. Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirxon Nuriddinov bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan faol, fidoyi jurnalist va ijodkorlarning mehnatlarini alohida e’tirof etdi.  

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining viloyat boshqarmasi mutaxassislari, tajribali ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati ijodiy ishlarni baholadi.  

[gallery-13295]

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, “Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha “Xalq so‘zi” gazetasining Namangan viloyati bo‘yicha muxbiri Qudratulla Najmiddinov, “Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari” yo‘nalishida “Vatan degan so‘zni loqayd aytma hargiz” asari uchun O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Lutfulla Mahmud, “Publitsistik maqolalar jamlangan kitoblar” yo‘nalishi bo‘yicha “G‘aznai Namangon” asari uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Rustamjon Ummatov, “Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari” yo‘nalishida viloyat teleradiokompaniyasi maxsus muxbiri Olga Kurganovskaya, “OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan veb-sayt xodimlarining jurnalistik ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha “Namangan xabarlari Axsikent” telegram kanali yurituvchisi Anvar Ikromov, “Tasviriy san’at, foto va dizayn mahsulotlari” yo‘nalishida mohir rassom Ilhomjon Umarov, “Kino san’ati asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha iste’dodli rejissyor Axat Kazakov g‘olib deb topildi.  

“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining g‘olib va sovrindorlari viloyat hokimligi tomonidan munosib ravishda rag‘batlantirildi.  

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA muxbirlari