French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari munosib taqdirlandi
17:10 / 2025-10-29

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda “Birdamlik: ranglar jilosida” rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlovga turli millat vakillaridan iborat 30 dan ortiq yosh ijodkorlar o‘zlarining ijod namunalari bilan ishtirok etdi.

Milliy madaniy markazlar pavilonida bo‘lib o‘tgan tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlash, intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni kamolga yetkazish, ular safini kengaytirish, yoshlar va havaskor rassomlarni o‘z qobiliyatini namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishdan iborat.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA