Tanlov g‘oliblari keyingi bosqichga yo‘llanma oldi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Yoshlar ovozi” tanlovining Navoiy viloyati bosqichi yakunlandi.
Yosh avlodning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi” shiori ostidagi an’anaviy “Yoshlar ovozi” respublika tanlovining viloyat bosqichida 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dod egalari o‘z iqtidorini namoyish etdi.

Tanlov 10-15, 16-22, 23-30 yosh toifasida o‘tkazilib, ular baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdi.

\

Barcha yo‘nalishlarda g‘olib deb topilgan yoshlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tadigan tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etadi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri