Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari aniqlandi
11:41 / 2025-12-03

Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” respublika tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda tanlovning quyi bosqichlarida saralangan 15 jamoa ishtirok etdi.

Ishtirokchilar huquqiy bilimlar bo‘yicha mulohazali savol-javob, qonunchilikka oid test sinovlari, shuningdek, hayotiy vaziyatlarga asoslangan sahna ko‘rinishlari orqali o‘z bilim, iqtidor va sahna mahoratini namoyish etdi.  

Uzun tumanidagi 20-umumta’lim maktab jamoasi tanlovda g‘olib bo‘ldi. Qiziriq tumanidagi 36-umumta’lim maktabi jamoasi ikkinchi, Sho‘rchi tumanidagi 6-umumta’lim maktabi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.  

[gallery-26517]

Tanlov yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunlarga hurmat, mustaqil fikrlash, puxta tahlil qilish, ijodiy yondashuv va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Ayniqsa, sahnaviy chiqishlarda o‘quvchilar tomonidan qonunbuzarlik holatlari, ularning oqibatlari va milliy qonunchilik normalariga oid mavzularning yoritilishi ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatdi.  

G‘olib va faol jamoalar viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/kLjArHbZFYc?si=j5E_Yd154H_E3opw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA