Navoiyda “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy yondashuv va sahnadagi chiqishlar orqali o‘zini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan mazkur tanlovda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 11 ta jamoa ishtirok etdi.

Umumta’lim maktablarining 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan tanlovda jamoalar savol-javob, test sinovi hamda sahna ko‘rinishlari orqali bilim va mahoratlarini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Navoiy shahridagi 11-maktabning “Kelajak” jamoasi, 2-o‘rinni Qiziltepa tumanidagi 13-maktabning “Yuristlar” jamoasi va 3-o‘rinni Navbahor tumanidagi 12-maktabning “Lavers” jamoasi egalladi.


Barcha g‘olib va sovrindor jamoalar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri