Namangan shahridagi Yoshlar markazida viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Eng yaxshi ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan shahri va barcha tumanlardan soha vakillari qatnashdi.
Ishtirokchilar ko‘rik-tanlov nizomiga muvofiq, 3 shart bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordi.
Namangan shahrining Davlatobod tumani tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi vakili Gulchehra Nizomova birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Ikkinchi o‘rin to‘raqo‘rg‘onlik Gavharoy Mamajonovaga hamda uchinchi o‘rin chustlik Munira Yo‘ldoshevaga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-2884]
– Ijtimoiy-tibbiy xizmatlarni bajarish har bir xodimdan katta mas’uliyat va mehnat talab etadi, — deydi ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘olibi Gulchehra Nizomova. – Keksalar, yakka-yolg‘iz, nogiron insonlar ko‘nglini olish oson ish emas. Ammo bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilyapmiz. bugungi tanlovda boshqa tumanlardan kelgan xodimlar bilan o‘zaro tajriba almashdik. Hech shubhasiz, bu xizmat malakamizni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hotam MAMADALIEV (surat) O‘zA