Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov gʻoliblari Toshkentga boradi
19:31 / 2019-10-28

Andijonda “Ibratli oila” respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.


Andijonda “Ibratli oila” respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimlari hamda boshqa qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda mamlakatimizda oilalarni qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, uning jamiyatdagi oʻrni, roli va nufuzini oshirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

– Oilalarimiz qanchalik barqaror va mustahkam boʻlsa, jamiyatimiz shu qadar yuksalib boraveradi, – deydi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi rahbari Zulfiyaxon Qambarova. – Shu bois ham oilalarni yanada mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni ulugʻlash maqsadida oʻtkazilgan tanlov ana shu yoʻnalishdagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, ibratli oilalarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tanlovning mahallalarda oʻtkazilgan bosqichida 3 mingdan ziyod oila qatnashdi.

Tanlovning viloyat bosqichida tuman va shaharlarda gʻolib, deb topilgan 16 oila ishtirok etib, belgilangan shartlar asosida gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Marhamat tumani Qovunchi mahallasida yashovchi Roʻzivoy va Sanobarxon Oʻtanovlar oilasi birinchi oʻringa sazovor boʻlib, tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

Tanlovda Xonobod shahri Kampirovot mahallasida yashovchi Abduhalim va Roʻzibixon Mamatovlar oilasiga ikkinchi, Andijon shahar Gumbaz mahallasida yashovchi Joʻrabek va Barnoxon Boymirzayevlar oilasiga uchinchi oʻrin nasib etdi.

Gʻolib va sovrindorlar diplom, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlovda “Kitobsevar oila”, “Fayzli oila”, “Saxovatli oila”, “Ahil oila”, “Ishbilarmon oila”, “Sportchi oila” singari qator nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.