English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanishish jarayonida ko‘plab masalalarga oydinlik kiritildi
10:13 / 2025-08-29

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Ellikqal’a tumanida aholining turmush sharoitini yaxshilash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida tumandagi bir qator tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, “Salim Kuramboy” fermer xo‘jaligida baliqchilik loyihasi hamda “Umidbek Odilbek” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan limonchilik issiqxonasi faoliyati o‘rganildi.  

Jo‘qorg‘i Kenges raisi yerdan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohasida samarali loyihalarni yanada ommalashtirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, “Ellikqal’a” qishlog‘idagi “Shox mega stroy biznes" mas’uliyati cheklangan jamiyatining beton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi, “Amirobod” qishlog‘idagi "Ulli Mirsaid ota firmasi"ning quruq beton qorishmalari ishlab chiqarish ishlari hamda "Amirobod jeyron" innovatsion paxta-g‘alla klasteri faoliyati ko‘rib chiqildi. Ushbu korxonalar imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, “Innograpx” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan IT xizmatlari eksporti, xususiy kadastr va o‘quv kurslari faoliyati bilan ham tanishdi. Tadbirkorlarning bunday tashabbuslarini namuna sifatida baholab, bundan buyon ham bu kabi innovatsion loyihalarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

O‘rganishlar davomida  tumandagi oilaviy poliklinikada amalga oshirilgan raqamlashtirish ishlarini ham ko‘rib chiqdi. Ushbu tashabbus tibbiy xizmat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Jo‘qorg‘i Kenges raisi tumandagi ko‘cha oqsoqollari va nuroniylar bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi va  ular bo‘yicha kelgusidagi vazifalarini belgilab oldi.

Shu kuni respublika va tuman tashkilot, muassasalari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, obodonlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan belgilangan vazifalarning bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri