Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taniqli xattotga oltin medal berildi
13:57 / 2024-03-29

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi,taniqli hattot Habibullo Soliyev O‘zbekistonda xattotlik san’atini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi hamda uzoq yillik fidokorona xizmatlari uchun Badiiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi.

Xattotga oltin medalni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur topshirdi.  

Habibullo Soliyev 1998-yili Istanbulda o‘tkazilgan xalqaro xattotlar bellashuvida “Devoniy” xat uslubi bo‘yicha kuchli o‘nlikdan joy olgan yurtdoshimiz sanaladi.  

Ustoz H.Soliyev 1999-yili xattotlikda yangi tarz, ya’ni naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf qilgani uchun Lohurdagi xalqaro xattotlar bellashuvida «Parvin raqam» («Sharq yulduzi») unvoniga sazovor bo‘lgan edi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi axborot xizmati.  

 

N.Usmonova,  

O‘zA