Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taniqli sportchilar saboqlari
16:00 / 2015-04-21

“SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi Toshkent shahar filiali va 21-Mehribonlik uyida xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilar ishtirokida sportning shaxmat, karate va badiiy gimnastika turlari bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkazildi.

5C.jpg

Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati shahar kengashi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda o‘g‘il-qizlar nufuzli xalqaro turnirlar, Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari – Nafisa Mo‘minova, Hilola Badalova va Jamila Rahmatova bilan birgalikda mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

– Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni jismonan baquvvat, ruhan tetik va sog‘lom qilib tarbiyalashda sportning o‘rni beqiyos, – deydi xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova. – Bu kabi tadbirlar bolalarning sportga bo‘lgan mehrini oshirib, kelgusida yuksak marralar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.

Mahorat saboqlarida faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.