Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taniqli olim Omonboy Oqyulov qutlug‘ 70 yoshda
09:54 / 2023-05-17

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, yuridik fanlar doktori, professor Omonboy Oqyulov 70 yoshga to‘ldi.

Shu munosabat bilan Toshkent davlat yuridik universitetida “Fuqarolik qonunchiligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.  

Konferensiya Omonboy Oqyulovning hayot yo‘li va tajribalarini o‘rganish, uning ilmiy ishlarini tadqiq etish va bo‘lg‘usi huquqshunoslarga yetkazish, huquq sohasining rivoji, bosqichlari va bu sohadagi izlanishlar, tadqiqotlar, shu jumladan, ustoz huquqshunosning faoliyati xususida aholi, ayniqsa, yoshlarga ma’lumot berish maqsadida tashkil etildi.  

Xalqaro konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilov, adliya vaziri A.Toshqulov va boshqa bir qator tashkilotlar rahbarlari hamda huquqshunos olimlar o‘z tabrik so‘zlarini bildirib, ustozni qutlug‘ yoshi bilan samimiy muborakbod etdi.  

Adliya vaziri A.Toshqulov olimning sud-huquq sohasi rivoji hamda huquqshunos kadrlarni tayyorlashda ko‘rsatgan yuksak xizmatlari chuqur qadrlanishini qayd etdi. Ustozning ilmiy maktabida tayyorlangan darsliklar, monografiyalar, qo‘llanmalar hamda ilmiy tadqiqot ishlari huquqshunoslik sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Fuqarolik qonunchiligini tahlil qilish va uni takomillashtirishning barcha jarayonlari olimning bevosita va bilvosita ishtirokida o‘tgan.  

Ustozdagi halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik, bag‘rikenglik, kasbga sadoqat, kattayu-kichikka birdek munosabatda bo‘lish yosh mutaxassislar uchun ibrat maktabi ekani alohida e’tirof etildi.  

Konferensiya professor-o‘qituvchilarning ilmiy-ma’ruzalari bilan davom ettirildi.  

N.Abduraimova, O‘zA