Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taniqli aktrisa Maryam Yoqubova haqida kitob chop etildi
11:29 / 2019-12-25

“G‘afur G‘ulom” nomidagi nashriyot-matbaa ijod uyi afsonaviy o‘zbek aktrisasi Maryam Yoqubova hayot yo‘llari aks etgan “Davrim va davram” kitobini nashr etdi.


“G‘afur G‘ulom” nomidagi nashriyot-matbaa ijod uyi afsonaviy o‘zbek aktrisasi Maryam Yoqubova hayot yo‘llari aks etgan “Davrim va davram” kitobini nashr etdi.

Ko‘pchilik uchun Maryam Yoqubovaning san’atga kirib kelishi qiziq. Aynan ushbu kitobda aktrisaning shu va hayotiga doir boshqa qiziq ma’lumotlar keltirilgan. Bolaligi, oilasi, Buxoro amiri saroyidagi hayoti, Moskvada tahsil olishi, zamonasining mashhur tarixiy shaxslari Maksim Gorkiy, Fayzulla Xo‘jaev, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Maqsud Shayxzodalar bilan uchrashuvlari bilan bir qatorda teatr va kinodagi sermahsul faoliyati batafsil tasvirlangan.

Kitob aktrisaning qizi Tamara Yoqubova tomonidan oqqa ko‘chirilgan bo‘lib uni jurnalist Nazokat Azim o‘zbek tiliga tarjima qilgan. To‘plam zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, u Nabi Jaloliddin muharrirligida chop etilgan.