Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’minotchi korxonaga 42,3 million so‘m qarzdorlik undirib berildi
10:51 / 2026-01-06

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan sud hujjatlariga asosan belgilangan soliq, kredit, kommunal xizmatlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni paysalga solayotgan jismoniy hamda yuridik shaxslardan qarzlarni undirish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda.

Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan da’vogar Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga Baliqchi tumanidagi qarzdorligi bo‘lgan “Abbosbek sarxadlari” fermer xo‘jaligidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun 42,3 million so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor fermer xo‘jaligidan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga 42,3 million so‘m qarzdorlik undirilib, ta’minotchi korxonaga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

F.Ubaydullayev, O‘zA muxbiri