Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’magir mudira qo‘lga tushdi
09:36 / 2021-10-14

Buxoroda xodimni ishga saqlab qolish evaziga 300 ming so‘m pul talab qilgan mudira "qo‘lga tushdi". Bu haqida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi katta leytenanti Murodjon Raxmatullayev O‘zAga ma’lum qildi.

Departamentning Buxoro shahar bo‘limi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida fuqaro M.R.ning arizasi yuzasidan joriy yilning 28 sentyabr kuni 12:30 larda tadbir o‘tkazildi.

Natijada Buxoro shahridagi MTTlarning birida mudira sifatida ishlayotgan Buxoro shahrida yashovchi, 1979 y.t. fuqaro F.S. xizmat mavqeidan foydalangan holda, fuqaro M.R.ni aldab, mansabdor shaxslarga pora berish orqali har yilda bir marta boshqarmaga taqdim qilinadigan ishchi xodimlarning tarifikatsiya jadvaliga uning ism-sharifini kiritadi. Ishga saqlab qolish evaziga 300 ming so‘m pulni xizmat xonasida olgan vaqtida ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning shahar bo‘limi tomonidan fuqaro F.S.ga nisbatan O‘z.R.JKning 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Zarif Komilov, O‘zA