Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limni moliyalashtirishda global tajriba o‘rganilmoqda
17:35 / 2026-02-27

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari Turin shahrida joylashgan Xalqaro Mehnat tashkilotining ITC-ILO o‘quv markazida tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etdi. Mazkur tadbir Italiyada ta’lim sohasini samarali moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganishga qaratildi.

Seminar ta’lim tizimida natijaga yo‘naltirilgan moliyalashtirish yondashuvlarini yanada mustahkamlash, rejalashtirish va byudjetlashtirish jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek qarorlar qabul qilishda ishonchli ma’lumotlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishni maqsad qildi.

Trening doirasida ishtirokchilarga ta’lim tizimida moliyalashtirish samaradorligini oshirish mexanizmlari, mavjud resurslarni ustuvor sohalarga maqsadli yo‘naltirish, natijalarni monitoring qilish va baholash tizimini kuchaytirish bo‘yicha xalqaro tajriba va amaliy yondashuvlar, ta’lim tizimida moliyalashtirish samaradorligini oshirish mexanizmlari, mavjud resurslarni ustuvor sohalarga maqsadli yo‘naltirish, natijalarni monitoring qilish va baholash tizimini kuchaytirish bo‘yicha xalqaro tajriba va amaliy yondashuvlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv (data-driven decision making) tamoyillarini joriy etish, byudjet jarayonlarida zamonaviy xalqaro vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy muhokamalar o‘tkazildi. Mutaxassislar ta’lim sohasida aniq tahlil va ishonchli ma’lumotlarga tayangan holda qaror qabul qilish moliyaviy samaradorlikni oshirishda hal qiluvchi omil ekanini ta’kidladi.

Ushbu seminar ta’lim sohasida strategik rejalashtirishni takomillashtirish, mablag‘larning natijadorligini oshirish hamda boshqaruv jarayonlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Xalqaro tajriba bilan tanishish esa milliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va uning barqaror rivojini ta’minlashga xizmat qiladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA