English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor
15:46 / 2025-10-16

FOTOREPORTAJ

Bugungi kunda ta’lim tizimi yangicha yondashuvlar asosida rivojlanmoqda. Bu boradagi islohotlar natijasida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi ham katta yutuqlarga erishdi.  

Mazkur maktab o‘quvchilari joriy o‘quv yilida uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan respublika “Top – 10” maktablari qatoriga kirdi. Maktab direktori Nurbek Qodirov ta’limdagi bu natijani “ta’limga e’tiborning shirin mevasi” deb atab, pedagoglarning bilim berishdagi fidoyiligi va yangi avlodni tarbiyalashdagi mas’uliyatini alohida e’tirof etdi.  

Hozirda maktabda 245 nafar o‘quvchiga 28 nafar malakali pedagog ta’lim bermoqda, ularning 20 nafari oliy toifali mutaxassislardir. Shuningdek, maktab binosida modernizatsiya va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Maktab jamoasining esa mamlakatimiz ta’limidagi ulkan o‘zgarishlar hamda imkoniyatlarni yaqindan his etib, yanada sifatli ta’lim berishga intilayotgani quvonarli.  

[gallery-25761]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA