Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasi (+video)
10:43 / 2023-02-01

“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda”

Jadid bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy millat taraqqiyoti va istiqboli, Turkistonning kelajagi haqida o‘ylar ekan, xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog‘idan qutqarib olishning birdan-bir yo‘li ilm-ma’rifatli bo‘lishdir, degan xulosaga kelgan edi.  

Darhaqiqat, qaysi yerda ilmu-ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskani hisoblanadi.

Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan desak, mubolag‘a bo‘lmas. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida, yoshlarimizning bugungi erishayotgan yutuqlari haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q.

Ayniqsa mamlakatimizda 2023 yilning «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilinishi esa yoshlarimizga bo‘lgan yanada e’tiborni, ularga bo‘lgan ishonchni oshiradi.

Bugun sizga hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonimiz ham o‘zining bilimi, tirishqoqligi va yangilikka intiluvchanligi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelmoqda.  

Tanishing: 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi kumush medali sovrindori va bugungi kunda Yangi O‘zbekiston universitetida tahsil olib kelayotgan Maftuna Badalova.

Ko‘rsatuvning to‘liq qismini O‘zAning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/Aji499FJI54" title="Ta’limga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

O‘tkir Alimov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA