Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limdagi islohotlar o‘z samarasini bermoqda
12:51 / 2024-02-03

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati iqtidorli o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan.

Maktabda o‘quvchilar uchun barcha sharoit muhayyo. Zamonaviy bino, o‘quv jihozlari, ko‘rgazmali vositalar, so‘nggi rusumdagi kompyuterlar, kutubxona, sport zal, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriya xonalari, oshxona kabilar o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga xizmat qilmoqda. Maktabda 50 nafar mahoratli pedagog faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy o‘quv yilida ustozlarning  3 nafari xalqaro “GMAT” va “GRE” sertifikatlarini, 4 nafar fan o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M. Karimova akademik litseylar uchun darslik yaratish loyihasida qatnashdi. Hozirda Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi sifatida ilmiy ish olib bormoqda.  

[gallery-15768]

Sinov asosida qabul qilingan o‘quvchilar aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika, fizika, ingliz tilidan va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan sinflarda kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan chuqurlashtirib o‘qitilmoqda. Joriy o‘quv yilida o‘quvchilardan 6 nafari xalqaro “SAT” sertifikatini, 10 nafari “IELTS”, 12 nafari milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA