Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limdagi islohot taraqqiyot yo‘lidagi marralarga yetaklaydi
13:53 / 2024-12-20

AQSHning Harvard universiteti professori Jonatan Seyden Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi.

Davra suhbati davomida mehmonga malaka oshirish kurslari, doktorantura va magistratura dasturlari, shuningdek, xalqaro tadqiqotlar markazining faoliyati tanishtirildi.

Uchrashuvda “PISA”, “TIMSS”, “PIRLS” kabi xalqaro baholash tadqiqotlari natijalarini chuqurlashtirilgan holda tahlil qilish, psixometrik yondashuvlardan foydalanish, “Item Response Theory” (IRT) kabi zamonaviy tahlil modellarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, hamkorlikda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni yaxshilash, rahbar va pedagoglarning salohiyatini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Musulmon Ziyo, O‘zA