French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limdagi hamkorlik - zamon talabi
15:54 / 2023-07-11

Sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali tibbiyot xodimlari yetishtirib berayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Davolash ishi, Stomatologiya, Pediatriya, Tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik, Tibbiy profilaktika kabi fakultetlar faoliyat yuritmoqda.

Institut jahonning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Hozirgi kunda ushbu hamkorlik asosida Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, Iordaniya, Avstraliya davlatlaridan 1500 dan ziyod talaba Buxoro tibbiyot institutiga kelib tahsil olmoqda.  

[gallery-12733]

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining Kuban stomatologiya davlat tibbiyot universiteti, Qozon davlat tibbiyot universiteti, Petrozavodsk davlat tibbiyot universiteti, Sankt-Peterburg pediatriya universiteti, Dog‘iston tibbiyot universiteti, Pirogov nomli Moskva davlat tibbiyot universiteti, Orenburg davlat tibbiyot universiteti, Polshaning tibbiyotda axborot texnologiyalari oliy maktabi, Hindistonning farmatsiya “GD GOENKA UNIVERSITY, Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti, Qozog‘iston janubiy tibbiyot akademiyasi bilan qo‘shma ta’lim dasturlari olib borilmoqda.  

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA