FOTOREPORTAJ
Ta’lim tizimini takomillashtirishda, eng ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilishda xususiy sektor ishtiroki faollashmoqda. Buni Namangan viloyati misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Yangi Namangan tumanida tashabbuskor tadbirkor Madina Mo‘minova tomonidan umumiy qiymati 600 ming dollar bo‘lgan “Steam Plaza” xususiy maktabi barpo etildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, jamoatchilik vakillari, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.
120 nafardan ziyod o‘quvchini qamrab olgan mazkur ta’lim muassasasida 40 ta ish o‘rni yaratildi. Maktab dasturi Finlyandiya ta’lim tizimiga asoslanib, Buyuk Britaniyaning Oksford va Kembrij universitetlari qo‘llanmalari hamda AQSHning STEAM dasturi orqali olib boriladi.
[gallery-25151]
Madina Mo‘minova 2018 yilda “Baby Plaza” xususiy maktabgacha ta’lim muassasasini ham tashkil etgan bo‘lib, qiymati 1,5 million dollarga teng ushbu loyiha doirasida 35 ta ish o‘rni yaratilgan edi. Hozirda bu yerda 350 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda.
Hotam MAMADALIEV( foto), O‘zA