Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limda Koreya bilan hamkorlik
10:46 / 2025-10-29

Koreya Respublikasi ta’lim tizimida erkin fikrlovchi, ilmiy dalillarga asoslangan yangiliklarga intiluvchan shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik beriladi.

O‘zbekiston Prezidenti Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida shunday mezonlarga asoslanish O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham naf keltirishini ta’kidlagan edi. Hozir Farg‘ona shahrida ana shunday talablarga javob beruvchi maktab tashkil etilyapti. Buning uchun tajriba va koreys hamkasblar bilan hamkorlik zarur. Shu maqsadda Koreya Respublikasining Jeollanam-do ta’lim boshqarmasi vakillari amaliy tashrif bilan Farg‘ona viloyatiga keldi. Ularni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov qabul qildi.

Suhbat davomida tomonlar o‘zaro do‘stona munosabatlar, ta’lim sohasidagi islohotlar, hamkorlik aloqalari hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr almashdilar.

Jeollanam-do viloyati ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Kim Yeongshin, Jangheung ta’lim boshqarmasi rahbari Jeong Hayengjung O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdilar.

[gallery-26047]

Tadbir doirasida Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Jeollanam-do viloyati ta’lim boshqarmasi o‘rtasida hamkorlikning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va imzolandi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA