Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Talimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 megavattli bug‘-gaz qurilmalari bunyod etilmoqda
10:09 / 2024-06-14

Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi “Talimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi loyihasining qurilishi qizg‘in olib borilmoqda.

Ushbu investitsiya loyihasining umumiy qiymati 944,87 million AQSH dollarini tashkil etib, bosh pudratchi sifatida Ispaniya va Yaponiya kompaniyalari ishtirok etayapti. Qurilish ishlariga Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi mutaxassislari ham jalb qilingan.  

Mazkur bug‘-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga qo‘shimcha yana 8,5 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga erishiladi.  

Ushbu qurilmalar 2025 yilda yagona energiya tizimiga ulanishi ko‘zda tutilgan.  

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA