Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim va sanoat integratsiyasi masalalari muhokama qilindi
14:30 / 2024-04-13

Mamlakatimizda fan va ta’limni rivojlantirishda xalqaro aloqalarning o‘rni beqiyos. Jumladan, sanoat va ta’lim sohasi rivojlangan hududlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, Bavariya Germaniyaning eng rivojlangan federal hududi sanaladi. Bu esa ta’limning sanoat bilan integratsiyasi bo‘yicha uni dunyoga namuna qilib ko‘rsatmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Bavariya Parlamentining Ilm-fan va madaniyat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i Robert Brannekemper bilan uchrashdi.

Muzokaralarda ta’lim va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni birgalikda tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi, deyiladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotida.

Shu o‘rinda aytish mumkinki, ushbu qo‘mita muhim davlat organi bo‘lib, Bavariyadagi barcha ta’lim va madaniyat loyihalari mazkur qo‘mita tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Uchrashuvda ta’limning sanoat bilan integratsiyasini O‘zbekistonda ham tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, yurtimizdagi bir qator maktablarda Bavariya modeli asosida o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha fikr almashildi.

Marhabo MADAMINOVA, O‘zA