FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan “Ta’lim va ishlab chiqarish” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Uch kun davom etadigan ko‘rgazma oliy ta’lim muassasalari, professional ta’lim maskanlari, o‘quv markazlari, konsalting xizmatlari hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish va ularni kasbga yo‘naltirish maqsadiga yo‘naltirilgan. Unda respublikamizdagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi, 5 ta o‘quv markazi, 1 ta konsalting xizmati, 7 ta kasb-hunar maktabi qatnashmoqda.
[gallery-10979]
Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan 15 mingdan ziyod bitiruvchi oliy ta’lim muassasalari faoliyati va ularda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA