Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
16:40 / 2024-02-26

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatida maktab va maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari, umumta’lim maktablari direktorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov maxsus ishchi guruhning o‘rganish natijalari xususida to‘xtalib, maktab ta’limida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xususan, davomat, darslarni o‘zlashtirish, o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish kabi masalalarni tahlil qildi. 

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ayrim maktablarda o‘quvchilarning sababsiz darsga kelmasligi, ko‘ngilochar joylarda yurishi, noqonuniy “hujra”larga qatnayotganlar ham borligi, maktab yoshidagilar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va boshqa holatlar aniq misollar asosida ko‘rsatib o‘tildi. Ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun bir qator direktorlar vazifasidan olindi yoki intizomiy jazoga tortildi. Shu bilan birga, faoliyati davomida ijobiy yutuqlarga erishayotgan ta’lim muassasalari, rahbar va pedagoglari e’tirof etildi. O‘z navbatida ishiga yetarlicha yondashmayotgan pedagog-xodimlardan mas’uliyat talab etildi. 

Shuningdek, ta’lim dargohlarida zarur shart-sharoitlarni yaratish, dastur doirasida ta’mirlash ishlarini olib borish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. 

[gallery-16132]

Ilg‘or tajribalarni qo‘llash, jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha nuroniylar va ziyolilarning fikr-mulohazalari tinglandi. 

Yakunda shahar va tumanlar hokimlari, maktabgacha va maktab ta’limi sohasi rahbarlari ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha hisobot berdi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA