Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim tizimidagi islohotlar samarasi
11:42 / 2025-09-28

“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki, farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu maktab ta’limidir”.

Davlatimiz rahbarining kuni kecha O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazgan muloqotida ta’kidlagan ushbu so‘zlar hayotiy, haqiqat desak, mubolag‘a emas. 

Bugunga kelib, ta’lim faqatgina oila va maktabning ishi emas, balki butun jamiyatning ezgu maqsad va sa’y-harakatlarini birlashtirayotgan umumxalq harakatiga aylandi. Buni Buxoro viloyatining chekka Olot tumanida amalga oshirilayotgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.

– Bugungi kunda respublikamizda davlat rahbari tashabbusi bilan ta’limga, ustozlarga bo‘lgan e’tibor bizlarni juda ruhlantiradi, – deydi o‘qituvchi Muhayyo Yusupova. – Xorijiy til o‘qituvchilarining oylik maoshlari, shaxsan o‘zim misolimda oladigan bo‘lsam, 14 million atrofida maosh olaman. O‘qituvchilarimizning 70 foizidan ortig‘i ingliz tili va boshqa fanlardan “Milliy sertifikat”larni qo‘lga kiritdi. Bu esa o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarimiz 100 foiz 189 ball bilan o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Maktab bo‘yicha ko‘rsatkichimiz o‘tgan yilgidan ancha yuqorilab, 92 foizni ko‘rsatdi.   

– Prezidentimizning o‘qituvchilarga bergan imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Milliy va xalqaro sertifikatlarga erishdim, – deydi o‘qituvchi Komil Elmurodov. – Ayni kunda 1000 AQSH dollari miqdorida maosh olyapman. Maktabimiz informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktab bo‘lgandan keyin juda ko‘p yutuqlarga erishdik. Maktabimiz zamonaviy oxirgi rusumdagi 65 ta kompyuter bilan ta’minlandi. Robototexnika va IT sohasi hozir sun’iy intellekt rivojlanib kelayotgan bu davrda maktabimiz o‘quvchilari bu yo‘nalishlarga qiziqib, ochilgan to‘garaklarda faol qatnashib kelmoqda. 

Olot tumanida faoliyat yuritayotgan 37 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 16847 nafar o‘quvchilarga 1821 nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Tumanda jami 1862 nafar pedagoglarning 313 nafari oliy, 438  nafari  birinchi, 721 nafari esa ikkinchi toifali kadrlar tashkil etmoqda. O‘tkazilgan malaka sinovi jarayonlarida ishtirok etgan pedagoglarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 60 foizga yaqinlashdi. 

– Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasida alohida e’tibor berilyapti, –deydi maktab direktori Shuhrat Sulaymonov. – Prezidentimizning ta’lim, muallim degan har bir so‘zlari biz ustozlarga yanada g‘urur baxsh etadi. Azaldan ustoz deb ta’rif etilganlar jamiyatning bosh bo‘g‘inida turgan. Kasbda, hunarda, ta’limda ilg‘or bo‘lgan inson kelajagi, albatta, farovon bo‘ladi. 

Ayni paytda, tumanda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi tizimidagi 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyat yuritmoqda. Ixtisoslashtirilgan maktabda 457 nafar 5-11 sinf o‘quvchilariga 57 nafar o‘qituvchilar ta’lim beryapti. Ular ham bugun yaratib berilgan sharoitlar sabab marrani katta olib, harakat qilmoqda.

[gallery-25505]

Amalga oshirilayotgan islohotlar tom ma’noda maktab ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan. 

Zarif Komilov,

 Tohirjon Istatov (surat), O‘zA